
Simeone "Atletiko" darvozaboni Oblakni qo‘yib yubormoqchi emas
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning asosiy darvozaboni Yan Oblak haqida o‘z fikrini bildirdi.
Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra,ushbu futbolchiga “Liverpul”, PSJ, “Arsenal” hamda “Real Madrid” kabi top klublar tomonidan qiziqish katta.
- Albatta, “Atletiko” o‘z safida yaxshi futbolchilarni ushlab qolishga harakat qiladi, Yan esa xozirda dunyoning eng zo‘r darvozabonidir. Umid qilamanki, u jamoani tark etmaydi, shu qatori klub ham u bilan birgalikda o‘sadi, - deya Diegoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi As nashri.
Fikrlar