Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 13 dekabr, 2018, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev ertaga Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Mazkur bahsda hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qiladi. Bungacha Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang o‘tkazishi belgilangandi. Ammo, bir necha kun oldin Shohjahonning raqibi o‘zgardi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional ringda 15 marotaba jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 14 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Ruiz esa bungacha 49 marotaba ringga ko‘tarilgan va ularning 32 tasiga g‘alaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut).

Jang ertaga, 14 dekabr kuni Krasnodardagi «Olimp» sport saroyida bo‘lib o‘tadi. Shohjahon hozirda o‘z vazn toifasida WBA International chempionlik kamari sohibi bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!