
Shohjahon Ergashev raqibini nokautga uchratishi uchun 18 soniya etarli bo‘ldi (video)
Avval xabar berganimizdek professional bokschimiz Shohjahon Ergashev bugun Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Krasnodardagi «Olimp» sport saroyida bo‘lib o‘tgan jangda hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz (32, 11 KO, 17, 2 KO) raqiblik qildi.
Raund boshlanishi bilanoq hujumga otlangan Ergashevning dastlabki zarbalarigayoq raqib dosh bermadi va ringga quladi. Referi jangni davom ettirdi, ammo Shohjahon yana "zarbalar yomg‘iri"ni uyushtirdi. Natijada referi jangni yana to‘xtatdi. Shu tariqa bokschimiz raqibini 18 soniyadayoq nokautga uchratdi.
Quyida ushbu jangni tomosha qilishingiz mumkin:
Eslatib o‘tamiz, bugungi g‘alaba Ergashevning profi boksdagi 16-g‘alabasi bo‘ldi. Hamyurtimizning shularning 15 tasini nokaut bilan yakunlaganligini ta’kidlash joiz.
Fikrlar