Shohjahon Ergashev: Meni otajonim ringga olib chiqadi

  • 2 avgust, 2018, 23:45
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev joriy yilning 19 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida navbatdagi janggini o‘tkazadi. U ushbu boks kechasida ugandalik Juma Vasvaga qarshi jang o‘tkazib,  WBA International kamarini himoya qiladi.

Tecno

Mazkur jang oldidan Shohjahon bilan Sports.uz internet portali muxbiri suhbatlashdi.

– Assalomu Alaykum Shohjahon! Bo‘lg‘usi jang oldidan tayyorgarliklar qanday o‘tmoqda?

– Assalomu Alaykum! Jumaga qarshi jangga doimgidek, jadal shug‘ullanmoqdamiz. Taktik, jismoniy va sparring mashg‘ulotlarni haftada 6 kun mobaynida 5-6 soat davomida o‘tkazmoqdamiz.

– Sizga mazkur mashg‘ulotlarni Moskva shahrida o‘tkazishingizga kim yordam bermoqda? 

– Men taniqli bokschi, rossiyalik Nikolay Voluev tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun tashkil etilgan sport klubda, Andrek Ivichuk qo‘l ostida shug‘ullanmoqdaman. 

– Shohjahon bizga ma’lumki, siz har bir jangdan so‘ng, mamlakatimizga qaytasiz. Yurtimizda bo‘lgan vaqtingizda mashg‘ulotlarni qaerda o‘tkazasiz?

– Har bir sportchi uchun yurt sog‘inchi qiyin o‘tadi. Biz sportchilar o‘zga yurtlarda tayyorgarlik ko‘rsak-da, mamlakatimiz tomon qalbimiz oshiqadi. Men Vatanimizda bo‘lganimda, Toshkent shahridagi "Power Fitness Sport Club"ida mashg‘ulotlarimni o‘tkazaman. 

– Nega aynan u erda, axir, mamlakatimizda ko‘plab sport bilan shug‘ullanish uchun shinam inshootlar bor-ku?

– To‘g‘ri so‘nggi yillarda O‘zbekistonimizning barcha hududlarida sportning istalgan turi bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Har bir sportchining o‘zi uchun qulay bo‘lgan sport zallari bo‘ladi. Men esa doimo,"Power Fitness Sport Club"ida mashq qilganman. Shuningdek, mazkur klub mening homiyim sanaladi.

photo_2018-08-02_22-41-12

– Juma Vasva haqida qanday fikrdasiz. Uning jang uslubi bilan tanishmisiz?

– Aslida Juma yaxshi bokschi va men uni xurmat qilaman. Ha, albatta men uning janglarini ko‘rdim. U juda texnikali bokschi. Nima bo‘lganda ham men unga qarshi jang o‘tkazishga tayyorman. 

– Bu safargi jangda otangiz ishtirok etadimi?

– Albatta, birinchi murabbiyim va eng ishongan inson otam mening ringga olib chiqadilar. Ularning duolari va menga bo‘lgan ishonchlari sabab, shu kunga qadar g‘alaba qozonib keldim.

photo_2018-08-02_22-40-51

– Samimiy suhbatingiz uchun rahmat.

– Sizlardan minnatdorman. Fursatdan foydalanib bo‘lajak jang oldidan aziz muxlislarim va xalqimizdan meni duo qilishlari va jangda meni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!