"Shaxtyor" Taysonni sotmoqchi emas

  • 28 iyul, 2018, 11:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Donetsuning “Shaxtyor” klubi joriy yoz o‘zining braziliyalik yarim himoyachisi Taysonni sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Goal.com internet nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda 30 yoshli futbolchiga so‘nggi vaqtlarda ko‘plab jamoalardan, hususan Braziliya klublaridan ham jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Biroq, “konchilar” bularning barchasiga rad javobini berishmoqda.

Gap shundaki, Taysonni shaxsan “Shaxtyor” bosh murabbiyi Paulu Fonseka yangi mavsumda jamoasining etakchi futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda va bunday futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Shaxtyor”ning boshqa bir braziliyalik etakchisi – Fernandino tark etgan va “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!