
Shaxmat federatsiyalari rahbarlari Toshkentda (foto)
Respublika ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar shaxmat maktabiga Janubiy Koreya, Vetnam, Mongoliya, Tailand, Bangladesh, Falastin, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Nepal, Laos, Iordaniya kabi davlatlarning shaxmat federatsiyalari mutasaddilari tashrif buyurdi. Osiyo davlatlari delegatsiyasi bilan birga FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov hamda Rossiya shaxmat federatsiyasi vakili Arkadiy Dvorkovich ham hozir bo‘ldi.
Mehmonlar shaxmat maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdilar hamda yosh shaxmat ixlosmandlariga yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdilar.
Fikrlar