Sergey Lushchan: Endi o‘tish turniridagi raqibimizni kutamiz

  • 25 noyabr, 2018, 17:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pepsi Superliga 31-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Sergey Lushchan va “So‘g‘diyona” etakchilaridan biri Elyor Orifovlar ishtirok etishdi. Bu haqda Qo‘qon klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Sergey Lushchan: Bugungi bahsda bizga g‘alaba zarur edi. O‘yinni himoyadan olib bordik. Bugun qarshi hujumda o‘ynadik. Bir qator vaziyatlarga ega bo‘ldik. Endi pley-offga tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘tish turniridagi raqibimizni kutamiz.
Sanjar Rashidov akasidan kam bo‘lmagan iqtidorga ega. O‘ylaymanki mehnat qilishda davom etsa, O‘zbekistondan yana bir futbol yulduzi chiqadi.

Elyor Orifov: Bugungi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Qarshi hujumda samara keltirishga harakat qildik.Himoyaga ko‘proq etibor qaratdik. Hujumga o‘tishda ozgina oqsadik. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!