
Sergey Fomin "Fergana cup"ni g‘alaba bilan boshladi
Farg‘ona shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida "Fergana cup" turnirining birinchi davra bahslari boshlandi.
Ushbu bosqichda qur’a natijasiga ko‘ra Sergey Fomin va Iskandar Karimov o‘zaro raqobatlashdi. Sergey mazkur uchrashuvda 6:3, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Yosh tennischimiz Sardor Ergashev esa amerikalik Andrev Pereverzevni 7:6, 7:5 hisobida taslim qildi.
Fikrlar