
Serbiyada "Yil futbolchisi" e’lon qilindi (FOTO)
Londonning “Fulxem” klubi forvardi Aleksandar Mitrovich Serbiyaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Serbiya futbol ittifoqi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, 24 yoshli futbolchi 2018 yilda “Fulxem”ni yana APLga qaytishi uchun katta yordam berdi. Bundan tashqari u Millatlar ligasi uchrashuvlarida Serbiya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Fikrlar