Sanjar Tursunov: Kuperga baho berishga hali erta

  • 7 avgust, 2018, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kuni kecha argentinalik mashhur mutaxassis Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. O‘z navbatida Janubiy Koreya chempionatida to‘p surayotgan terma jamoamiz a’zosi Sanjar Tursunov ushbu mutaxassisga qachon munosib baho berilishi mumkinligini aytdi.

Tecno

"Ektor Kuper tajribali mutaxassis. Siz jurnalistlar va muxlislar ham buni yaxshi bilishadi. Ushbu murabbiy terma jamoamiz uchun yaxshi natijalarni keltirishiga ishonaman. Kuper boshchiligidagi jamoamiz jahon chempionatiga chiqishga va Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli qatnashishiga umid qilaman. O‘ylashimcha, qachonki Osiyo Kubogida yaxshi natija ko‘rsatib, jahon chempionatiga olib chiqsagina keyin Kuper haqida baho bersak bo‘ladi.

Hamma vaqt milliy terma jamoada o‘ynashga tayyorman va doim buni xohlaganman. Agar yangi murabbiy hamma legionerlarni chaqirib tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsa, albatta boraman. Axir bu mening Vatanim. Shunday ekan, O‘zbekistonim uchun har doim o‘ynashga tayyorman", - deydi Tursunov.

Tajribali futbolchi bilan uyushtirilgan to‘liq suhbatni birozdan so‘ng saytimizda o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!