
Sanjar Fayziev chorak finalga chiqdi
Rossiyaning Qozon shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning juftlik bahslarida tennischilarimizdan Sanjar Fayziev va Sergey Fomin o‘zaro tandem hosil qilib, rossiyalik Ruzel Fathullin va Andrey Uvarovni 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Yana bir vakilimiz Humoyun Sultonov rossiyalik Aleksandr Vasilenko bilan rus tennischilari Filipp Klimov va Kristian Lozan juftligini 6:2, 6:1 hisobida engdi.
Fikrlar