Sanjar Fayziev bugun yarim final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi
Hindistonning Puna shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "KPIT-MSLTA ATP Challenger" musobaqasi davom etmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 50,000 AQSh dollari bo‘lgan ushbu turnirning juftlik bahslarida hamyurtimiz Sanjar Fayziev qozog‘istonlik Aleksandr Nedovesov bilan chorak finalga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik.
Sanjar va Aleksandr bugun yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bahsda hind tennischilari – Ramkuram Ramanatan va Vijay Sundar Prashantga qarshi o‘yin o‘tkazishadi.
Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30dan so‘ng boshlanadi.



Fikrlar