
Sane Maxrez bilan bo‘ladigan raqobatdan qo‘rqmasligini aytdi
"Manchester Siti" klubi vingeri Leroy Sane yangi mavsumda Riyod Maxrez bilan kutilayotgan raqobat haqida gapirib o‘tdi.
“Aksincha, men xursandman. Menga raqobat yoqadi. Riyod – ajoyib inson. Bu erda u bilan ilk marta uchrashganimdayoq uning oqko‘ngil, samimiy va ajoyib futbolchi ekanligini sezdim. Bu haqda uning “Lester”da o‘ynab yurgan chog‘laridayoq eshitgandik, endi esa u jamoamizda ekanligidan xursandmiz”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Fikrlar