
Ro‘ziqul Berdiev "Bunyodkor"dan uchragan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
Xozirgina, Superliganing 10-turi doirasida Toshkentda “Bunyodkor” – “Nasaf” bahsi toshkentliklar foydasiga yakunlandi.
Uchrashuv natijalari bo‘yicha xozirda matbuot-anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Ro‘ziqul Berdiev: - “Bunyodkor”ni G‘iyosov va Sobirxo‘jaevning aqilli o‘yini uchrashuvning natijasini hal qildi. Bugungi kunlagi holatimiz, o‘yindagi harakatlarimizga tasir qildi.
Shuni aytishim kerakki, raqiblarimiz engil o‘yin ko‘rsatib bizga gol urishdi. Markaziy himoyachilarimizning bo‘sh harakatlari ushbu natijaga olib keldi. Cheranga tezroq oldingi darajasiga etishi uchun imkon berdim. Bobir Abdixoliqovni esa, to‘pni o‘zida ko‘p ushlab turib, xato qilgani uchun almashtirdik. Bugungi o‘yinda unda deyarli vaziyatlar bo‘lmadi. “Bunyodkor” uchun bu muhim g‘alaba.
O‘ylashimcha, himoyaviy taktikada maydonda harakatqilishga futbolchilarimiz tayyormas. Balkim g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kamligi, jismoniy toliqganligimiz bizga halal bermoqda.
Fikrlar