
Ronaldu penaltidan gol ura olmaslik bo‘yicha Messiga etib oldi
“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Kevo”ga qarshi kechgan Italiya “A” seriyasi 20-tur bahsida penaltini aniq amalga oshira olmagan edi.
Turinliklar bu o‘yinda raqib jamoani 3:0 hisobida mag‘lub etdi, ammo 52-daqiqida Ronaldu gol urish imkoniyatidan foydalana olmadi. Darvozabon Stefano Sorrentino bu vaziyatda qahramonlik ko‘rsatdi.
Bu penalti Ronalduning Turin klubida aniq amalga oshira olmagan ilk penaltisi bo‘ldi.
Shunday qilib, portugaliyalik futbolchi jami 139 penaltidan 25 tasida xatoga yo‘l qo‘ygan. Xuddi shunday natija uning azaliy raqibi “Barselona” hujumchisi Lionel Messida ham bor, ammo argentinalik futbolchi 108 zarbani golga aylantirgan.
Fikrlar