
Ronaldu MYuga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuborishi mumkin
UEFA Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronalduga qarshi intizomiy ish ochdi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi kecha Chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turida “Valensiya”ga (2:0) qarshi bahsning 29-daqiqasida raqib himoyachisi Jeyson Muriloning yuziga urgani uchun bosh hakam Feliks Brix tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib maydondan chetlatilgan edi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Ronalduning masalasi UEFA tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan 27 sentyabr kuni ko‘rib chiqiladi. Aynan shu kuni uning qancha o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi ma’lum bo‘ladi.
Aytish lozimki, Ronaldu EChLning navbatdagi “Yang Boyz”ga qarshi uchrashuvini aniq o‘tkazib yuboradi. Biroq, diskvalifikatsiya muddati katta ehtimol bilan oshirilishi aytilmoqda. Agar shunday bo‘lgan taqdirda u guruh bosqichining 3-turida o‘zining sobiq jamoasi “Manchester Yunayted”ga qarshi “Old Trafford”da bo‘lib o‘tadigan bahni ham o‘tazib yuboradi.
Fikrlar