"Roma" ustozi o‘zi uchun muhim bo‘lgan o‘yindan oldin tarkibda jiddiy yo‘qotishlarga uchradi

  • 30 noyabr, 2018, 22:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" hujumchilari Edin Jeko va Stefan El-Shaaravi uzoq muddatga safdan chiqishdi. Bu haqda Sky Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra ushbu futbolchilarning har ikkalasi ham kamida 3 hafta davolanishadi va A Seriyaning "Inter", "Kalyari", "Jenoa" hamda shuningdek Chempionlar ligasi doirasida "Viktoriya Plzen"ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborishadi.

Eslatib o‘tamiz, 2 dekabr kuni “Inter”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin rimliklar ustozi Eusebio Di Franchesko uchun so‘nggi imkoniyat ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!