"Roma" etakchi futbolchisi bilan xayrlashishga yaqin turibdi
"Roma" o‘zining etakchi yarim himoyachisi Kevin Strootman bilan xayrlashishga yaqin turibdi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli gollandiyalik futbolchi tez orada "Marsel"ga ko‘chib o‘tadi. Buning uchun esa frantsuz klubi rimliklarga 28 million evro to‘lashadi.
Ta’kidlash kerakki, Strootmanni sotish fikri “Roma” tomonidan chiqqan. Futbolchining o‘zi esa Rimda qolishni istagan.
Ma’lumot uchun, Strootman “Roma” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 131ta o‘yinda maydonga tushgan va 13ta gol urishga erishgan.



Fikrlar