
Rishar Gaskening kuchli zarbasiga Kasper Ruud dosh bera olmadi
Shvetsiyaning Bashtad shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan "SkiStar Swedish Open" turnirida chorak final bahslari o‘tkazilmoqda.
Unda frantsiyalik Rishar Gaske norvegiyalik Kasper Ruudni 7:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, shveytsariyalik Xenri Laaksonen italiyalik Simone Bolellini 3:6, 6:2, 6:4 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa Rishar va Xenri turnirning yarim finalida o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar