
«Real»ning yozdagi ikkinchi muhim yo‘qotishi
Evropaning amaldagi chempionlari ushbu mavsumda ikki pozitsiyada muhim yo‘qotishga ega. Dastlabkisi albatta super yulduz – Krishtianu Ronalduning ketishi bo‘lsa, ikkinchisi «Borussiya Dortmund»da porlayotgan o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy bo‘lmoqda.
Jahon Chempionatida Ispaniya Marokashni taslim qilganida marokashlik yosh iqtidor egasigina raqib jamoada har jabhada ko‘zga tashlanishi kutilgan edi.
Biroq «Real» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Hakimiy ona vatani tarkibida o‘zi tug‘ilgan vataniga qarshi o‘yinni zaxiradan boshlagandi.
Ispaniyaning yo‘qotishi Marokashning yutug‘i bo‘ldi. 19 yoshli futbolchini porloq kelajak kutmoqda.
Marokash o‘shanda allaqachon musobaqa bilan xayrlashishga ulgurgan bo‘lsada yosh himoyachi guruhda biror nima ko‘rsatishni juda-juda istagandi.
«Men jamoadoshlarimga qarshi o‘ynayman, bu men uchun alohida ahamiyatga ega. Ammo maydonda do‘stlar bo‘lmaydi» – degandi u o‘yindan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
«Biz mamlakat uchun, ko‘plab odamlar uchun o‘ynaymiz. Faqatgina Ispaniyada yashayotgan marokashliklar uchun emas, butun mamlakat uchun o‘ynaymiz. Bizning o‘z o‘yin uslubimiz bor, qo‘rquvsiz raqobatbardosh bo‘lishimiz kerak» – deya qo‘shimcha qilgandi.
Marokash Hakimiyning gaplaridan xulosa qildi shekilli, Ispaniyaga qarshi ajoyib o‘yinini o‘tkazdi.
Hakimiyning o‘yini ko‘proq taassurot qoldirdi shekilli u chempionatda o‘ynagan daqiqalardan ham ko‘proq Rossiyadagi turnirda o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi.
Zinedin Zidanning «qirollik klubi»dagi so‘nggi mavsumida himoyachi asosiy jamoaga yorib kirdi. Ashraf yangi mavsumda ham poytaxt jamoasida qolish va ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni niyat qilgandi.
Biroq, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi «Real» boshqaruviga o‘tganidan keyin klubdagi taqdiri nima bo‘lishini taxmin qilolmadi.
«Bu biz uchun syurpriz bo‘ldi, o‘ylaymanki ko‘pchilik uchun ham» – dedi Football Espana ga bergan intervyusida.
«Men Madridga qaytib Lopetegi bilan gaplashib olishim kerak. Men hayotim mazmuni bo‘lgan klubda qolishni istayman, men u erda baxtliman. Nima bo‘lishini keyin ko‘ramiz. Murabbiy bilan gaplashib men uchun eng yaxshi bo‘lganini tanlayman.»
Biroq, Hakimiy Lopetegining qisqa va o‘rta kelajakdagi rejalariga kirmasligi ma’lum bo‘lgach, iyul oyida u ikki yillik ijara evaziga «Borussiya Dortmund» tomon yo‘l oldi.
Bundesliga klubi shartnomaga ko‘ra himoyachini sotib ololmaydi, biroq uning ko‘rsatayotgan o‘yini hozirdanoq klubga foyda bermoqda.
Dortmundliklar safida Bundesliganing dastlabki to‘rt o‘yinida bir gol va ikki golli uzatmani amalga oshirgan yosh iqtidor vakili Chempionlar Ligasi doirasida «Atletiko Madrid»ga qarshi master-klass o‘tkazib berdi.
Ispan klublariga qarshi o‘ynash unda o‘zgacha zavq uyg‘otadi shekilli, o‘yin yakunida u uchta golli uzatmalarni amalga oshirishga erishdi. Nemis klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr himoyachi hali o‘z o‘yinini yanada kuchaytirib olishi mumkinligini e’tirof etdi.
«U jamoasi yaxshiroq himoyalanishni istaydigan murabbiy va u mendan shuni talab qilmoqda. Hujumda ham o‘ynashga tayyorman, ammo murabbiy taktik va himoyaviy jihatdan kuchayishimni istaydi. O‘ylaymanki buni uddalamoqdaman» – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Marca nashriga.
«Borussiya Dortmund»da Hakimiy «Real» ehtiyoj sezayotgan o‘yinini namoyish qilmoqda. U Lopetegi inqirozi vaqtida ehtiyoj sezgan o‘ng qanotda judaya yaxshi o‘ynamoqda. Dani Karvaxalning jarohat olib safdan chiqishi Lopetegining «Santyago Bernabeu»dagi faoliyati erta yakunlanishiga olib keldi. Ispaniya termasi sobiq murabbiyi bu pozitsiyada Odriosoladan foydalishga urinib ko‘rdi. Lukas Vaskes va Nacho tajribasi kasodga uchradi.
Nacho «El Klasssiko»da o‘zi uchun notanish pozitsiyada paydo bo‘ldi va kataloniyaliklar aynan shu qanotdagi zaiflikdan unumli foydalanib qolishdi.
«Real»ning keyingi murabbiyi yosh iqtidor vakilining xizmatlaridan foydalan olmaydi. Biroq klub 2020-yilda o‘z safida jahon saviyasidagi himoyachiga ega bo‘lishlari turgan gap.
Fikrlar