
«Real»da o‘zini «yo‘qotib qo‘ygan» futbolchilar
«Real Madrid» uchun o‘ynash futbol faoliyatidagi eng sharafli ish hisoblanadi. «Qirollik klubi» vakiliga aylanish olam-olam sovrinlarga ega chiqishga yaqin degani. Boisi «Real» o‘z tarixida bunday sovrinlarni muzeyiga qalashtirib tashlagan va bundan keyin ham shundayligicha qoladi.
Biroq ayrimlar uchun La Liga giganti a’zosiga aylanish har doim ham ijobiy yakun topmagan. Ko‘pchilik «Santyago Bernabeu»da ko‘p harakat qilgan bo‘lishiga qaramay faoliyati yaxshi yakun topmaganlari ham talaygina.
«Real»dagi omadsizlikning yagona faktori bu sovrin yuta olmaslik. Ammo sovrinlar ba’zi futbolchilarning faoliyati pasayishiga to‘g‘anoq bo‘la olmaydi. Quyida «Real»ga o‘tganidan keyin o‘z o‘yinida jiddiy pasayish kuzatilgan futbolchilarni tahlillar asosida e’tiboringizga havola qilamiz.
Aser Illaramendi
«Real» uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 90
Keyingi jamoasi: «Real Sosedad»
Madridliklar Aserni 2013-yilda aynan «Real Sosedad»dan 28.6 million funt evaziga olib kelgandi. Uning kelishi Modrichning Madriddagi ilk mavsumi qiyinchiliklar bilan boshlangani tufayli sodir bo‘lgandi. O‘shandan keyin ikkala futbolchi turli yo‘nalishlarga qarab ketishdi.
Modrich tez orada o‘z o‘yinini topib olib eng zo‘r yarim himoyachilardan biriga aylangan bo‘lsa, Illaramendi poytaxt klubida ikki yil o‘tkazib qadrdon klubi – San-Sebastyanliklar safiga borib qo‘shildi.
Nuri Shahin
«Real» uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 10
Keyingi jamoalari: «Liverpul» (ijara), «Borussiya Dortmund», «Verder»
2010/11-yilgi mavsumda Yurgen Klopp boshchiligida Bundesligani yutib olgan «Borussiya Dortmund» safida aynan Nuri Shahin muhim figuraga aylangandi. Shu tariqa u dunyoning eng kuchli klubiga o‘tish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Afsuski jarohatlar va uning sport formasidagi pasayish tufayli u Mourino qo‘li ostida La Liganing atigi 4 uchrashuvida maydonga tushdi.
Keyingi yozda u ijara asosida «Liverpul»ga borib qo‘shildi. Ammo Angliyada ham turk futbolchisining ishlari yurishmadi. Germaniyaga qadrdon jamoasiga dastlab ijara asosida qaytgan Shahin yana mo‘jizalar ko‘rsata boshladi va dortmundliklar uni to‘liq sotib oldi. Biroz vaqt o‘tib u oldingidek sport formasini tiklay olmasligi ma’lum bo‘ldi va zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Shu yil yozida esa futbolchi «Verder»ga kelib qo‘shildi.
Kaka
«Real» uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 120
Keyingi jamoasi: «Milan», «San Paulu», «Orlando Siti»
Kaka 2009-yilda sayyoramizning eng zo‘r futbolchisi sifatida «Real» vakiliga aylandi. U «Real»da etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganiga qaramay, 2006/07-yilda «Manchester Yunayted»ni «er tishlatgani»dek etakchilik qila olmadi.
Ehtimol uning «qaymoqranglilar» safida porlashiga undan ham kuchliroq super-yulduz – Krishtianu Ronalduning kelib qo‘shilgani bo‘lgandir. Aynan portugaliyalik futbolchi jamoaning yangi etakchisiga aylantirildi. Uning ishlari yurishmagach «Milan»ga bir mavsumga qaytdi va keyingi jamoalari – «San Paulu» va «Orlando Siti» bo‘ldi. Kaka hozirda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Raul Albiol
«Real» uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 18
Keyingi jamoasi: «Napoli»
Albiolning ayni vaqtda ko‘rsatayotgan o‘yinini ko‘rib himoyachi yomon bo‘lmagan faoliyatini o‘tkazmoqda deyishingiz mumkin. U «Real» bilan La Liga va Qirol Kubogini yutib oldi. «Napoli» bilan esa Italiya Kubogi va Italiya Superkubogiga ega chiqdi. Ammo Albiolning «Valensiya»da erishgan obro‘si ortidan «Real»da omadsizlikka uchrashi boshqa masala.
Boisi «Real» uni bir necha yillar klub va terma uchun doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘la oladi degan maqsadda olib kelgandi. Uning baxtiga qarshi termada Serxio Ramos va Jerar Pikelar yuqori sport formalarini ko‘rsatishdi. Klubda ham shu ahvol bo‘lgach, 2013-yilda himoyachi «Napoli»ga sotib yuborildi. Ispaniyalik himoyachi Italiyada yana o‘z o‘yinini topib oldi.
Lassana Diarra
«Real» uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 17
Keyingi jamoasi: «Anji», «Lokomotiv», «Marsel», «Al Jazira», «PSJ»
Futbol olamidagi eng qiziqarli past-balandliklarni boshidan kechirgan futbolchi Lassana Diarra bo‘lsa kerak. Angliyada «Chelsi», «Arsenal» va «Portsmut»da doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan bo‘lsada, frantsiyalik futbolchi to‘satdan «Real» a’zosiga aylanib qoldi.
Buni shok holat deb bo‘lmaydi. Futbolchi ba’zi jabhalarda ancha iqtidorli hisoblanadi. «Real»da omadsizlikka uchragach Diarra Rossiya, Frantsiya va BAA da ham o‘z omadini sinab ko‘rdi.
Klaas-Yan Xuntelaar
«Real» uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 20
Keyingi jamoasi: «Shalke-04», «Ayaks»
2008-yilda «Ayaks»dan olib kelingan hujumchi «Real»da ham gol urishdan charchamaydi, degan maqsadda olib kelindi. 20 o‘yinda 8 gol urgan gollandiyalik futbolchi uchun «Santyago Bernabeu»dagi mavsum tugadi va bir yil o‘tiboq klub hujumchisi bilan xayrlashdi.
Uning «Shalke-04»dagi faoliyati yo‘qotilgan imkoniyatni tiklab olishiga yordamberdi. Germaniyada biroz vaqt o‘zini ko‘rsatgach yana qadrdon klubi «Ayaks»ga qaytdi.
Rosyton Drente
«Real» uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 65
Keyingi jamoasi: «Erkules» (ijara), «Everton» (ijara), «Alanya», «Reding», «Sheffild Uensdi», «Kayseri», «Baniyas», «Sparta Rotterdam»
Yuqorida sanab o‘tilgan klublardan Drentening birorta klubda qancha vaqt to‘p surganini tahmin qilish mumkin. Biroq aynan «Real»da uzoqroq to‘p surgani uning faoliyatiga o‘zgacha tus beradi. 2007/08-yilgi chempion tarkibda bo‘lgan Drente o‘shandan keyin umuman yo‘qolib ketdi.
Maykl Ouen
«Real» uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 45
Keyingi jamoasi: «Nyukasl Yunayted», «Manchester Yunayted», «Stok Siti»
Maykl Ouen «Real»dagi bir mavsumida 16 gol urdi. Bu degani u har uch o‘yinda gol urgan. Yomon emas, biroq uning Evropaning eng kuchli to‘purari degan maqomiga bu mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. U o‘z tezligini yo‘qotib qo‘yganidan keyin darrovgina jonajon Angliyasiga qaytdi.
Keyinchalik SAF boshchiligidagi MYu da ham o‘ynaganiga qaramay Ouen yoshligida «Liverpul» safida o‘ynaganidek sport formasini tiklay olmadi.
Jonatan Vudgeyt
«Real» uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 14
Keyingi jamoasi: «Midlsbro», «Tottenxem», «Stok Siti», «Midlsbro»
Vudgeytning madridliklar safiga o‘tishining o‘zi g‘alati. U ilk mavsumida orttirib olgan jarohatlari sabab birorta ham o‘yinda maydonga tusha olmadi. «Nyukasl»ning sobiq vakilining ilk debyuti ham ancha esda qolarli bo‘ldi. U «Real» uchun o‘tkazgan dastlabki o‘yinidayoq avtogol va qizil kartochka olib jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ygandi.
Agarda uni jarohatlar qiynamaganida Vudgeytdan yaxshi himoyachi chiqqan bo‘lardi. Buni «Tottenxem» ham payqadi. Biroq u erda ham jarohatlar himoyachiga o‘zini to‘liq ko‘rsata olishiga imkon bermadi.
Tomas Gravesen
«Real» uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 49
Keyingi jamoasi: «Seltik», «Everton»
Hech kim Tomas Gravesenni «Santyago Bernabeu»da super-yulduz bo‘lishini kutgani yo‘q. Xatto uning o‘zi ham. U jamoaga zaxira o‘yinchisi vazifasi uchun olib kelingandi. Ammo u shu vazifani ham uddalay olmadi.
Uning o‘yini muxlislarda jiddiy tanqid uyg‘otdi. Futbolchining Robino bilan mashg‘ulotlar vaqtida tortishib qolishi ortida jamoadan quvildi.
Fikrlar