
"Real" murabbiyi iste’foga chiqarildi
"Real"ning yoshlar jamoasi murabbiyi Alvaro Benito o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Benito “qirollik klubi”ning kuni kecha “Barselona”ga qarshi o‘yinda o‘z maydonida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng jamoa haqida bildirgan tanqidiy fikrlari uchun ishdan ketgan. U shu kuni maydonda harakat qilgan Vinisius, Kazemiro va Krooslarning xatti-harakatlarini qoralagan.
Ma’lumotlarga qaraganda Benitodan bo‘shagan o‘rinni Raul Gonsales egallaydi.
Fikrlar