"Real" Benzemani "Napoli"ga sotmadi

  • 14 iyul, 2018, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi o‘zining frantsiyalik hujumchisi Karim Benzemani “Napoli”ga sotishni istamadi.

Tecno

Ispan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli forvard bungacha shaxsan neapolliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Biroq, “qirollik klubi” rahbariyati keyinroq uni sotmasligi ma’lum bo‘ldi.

Gap shundaki, Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga o‘tib ketgach, rahbariyat jamoaning yana bir asosiy hujumchisini qo‘yib yuborishni istamadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Benzemaga Londonning "Vest Xem" klubidan ham jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!