Ranerini yana APLga qaytarishmoqchi

  • 18 aprel, 2017, 10:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum “Lester” bilan tarixiy chempionlikni qo‘lga kirtgan va joriy mavsumda ketma-ket omadsizliklardan so‘ng iste’foga chiqarilgan Klaudio Raneri yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Tecno

Gap shundaki, “Uotford” klubi italiyalik mutaxassisni o‘z safiga taklif qilmoqda. Express nashrining ma’lum qilishicha jamoa rahbari Jampaolo Potstso “Uotford” premer-ligada qolgan taqdirda ham amaldagi bosh murabbiy Valter Matstsarrini ishdan bo‘shatmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, Raneri va Potstso o‘rtasida iliq munosabatlar bor va ayni shu sababli ham u “Uotford”ni boshqarishga qarshi emas. Avvalroq Raneri Jazoir terma jamoasidan tushgan taklifni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!