
Raneri: Agar yaxshi taklif bo‘lsa, men ishlashga tayyorman
O‘tgan mavsum “Lester” bilan Angliya chempionligini yutib olgan va shu yilning fevralida jamoadan iste’foga chiqarilgan Klaudio Raneri yana murabbiylik faoliyatini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
“Men yana ishlashga tayyorman. Agar yaxshi taklif bo‘lsa, men albatta rozilik beraman”, - deydi italiyalik mutaxassis BT Sport nashriga bergan intevrvyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 65 yoshli dunyoning eng yashi murabbiyiga Angliyaning “Uotford” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar