
"Qo‘qon-1912" tojik klubini mag‘lub etdi
Yangi mavsumga Toshkentda tayyorgarlik olib borayotgan "Qo‘qon-1912" klubi bugun o‘zlarining navbatdagi nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishdi.
Bu safar ularga Tojikistonning etakchi jamoalaridan biri sanaladigan "Istiqlol" klubi raqiblik qildi.
Mazkur o‘yinda Bahodir Pardaev hamda Oybek Rustamovlar tomonidan kiritilgan gollar evaziga qo‘qonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Nazorat o‘yini
“Qo‘qon-1912” (O‘zbekiston) – “Istiqlol” (Tojikiston) – 2:0 (1:0)
Gollar: Bahodir Pardaev – 42, Oybek Rustamov – 80.
“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov (97. Oybek Rustamov-46), 14. Marko Milich (10. Muslim Qurbonov-87), 18. Bahodir Pardaev (8. Sobir Hamidov-86), 19. Suhrob Berdiev (21. Saveliy Abramov-88), 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Darko Gojkovich (17. Igor Taran-84), 70. Quvondiq Ro‘ziev, 77. Murod Xolmuhammedov, 96. Muhammadanas Hasanov, 98. Milan Spremo (9. Nosir Otaqo‘ziev-46).
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullaev, 25. Iqbol Malikjonov.
“Istiqlol”: Nikola Stoshich, Siyovush Asrorov, Artyom Baranovskiy, Axtam Nazarov, Romish Djalilov, Tabrez Davlatmir, Exson Panjshanbe, Muhammadjoni Hasan, Fatxullo Fathulloev, Vohid Shodiev, Nikolay Zenko.
Zaxira: Temur Hakimov, Fransis Agbleto.
Fikrlar