
Poytaxtimizda futbol festivali o‘tkazildi
Poytaxtimizda Uchtepa tumanidagi 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabining sobiq direktori I.M.Otaboev xotirasiga bag‘ishlab 2004-2005 yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur futbol festivalida I.M.Otaboevning avlodlari bilan birgalikda bir qator jamoalar o‘zaro g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
– Bu kabi xotira turnirlari sportga bor vujudini bergan insonlarning ruhini shod etibgina qolmay, ularning mamlakatimizda sportni rivojlanishi uchun qilgan sayxarakatlarini yosh avlodga etkazishga katta hissa qo‘shadi, – deydi Uchtepa tumani 1-Bolalar va o‘smirlar direktori Dilshod Mahmudov. – Biz bu kabi musobaqalarni ta’til vaqtlarida muntazam o‘tkazamiz. Sababi navqiron avlodning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishdir.
Festival so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va diplom topshirildi.
Fikrlar