Petr Chex "Roma"da Alissonning o‘rnini egallashi mumkin

  • 23 iyul, 2018, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni Petr Chex faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 36 yoshli chexiyalik posbon rimliklar safida yaqindagina “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan Alisson Bekerning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, “Bayer” darvozaboni Bernd Leno “Arsenal”ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng Chexning asosiy tarkibdagi o‘rni so‘roq ostida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” ham Chexni yana “Stemford Brij”ga qaytarish istagida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!