"Paxtakor": Birinchi chempionlikka 25 yil to‘ldi

  • 1 noyabr, 2017, 11:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Bugun "Paxtakor"ning O‘zbekiston chempionatida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritganiga 25 yil to‘ldi.

1991 yil rossiyalik mutaxassis Aleksandr Tarxanov qo‘l ostida jamoa shakllantirilga kirishgan. Rejalashtirilgan MDH chempionati o‘tkazilmagach, 1992 yil 28 mart kuni O‘zbekiston chempionatining birinchi tur uchrashuvlari o‘tkazilgan. Jamoani maydonga Ahrol Inoyatov boshlab tushgan. O‘shanda maydonga tushgan tarkibdan Murod Aliev eng uzoq vaqt mobaynida jamoa sharafini himoya qildi.

O‘sha mavsumda "Paxtakor" deyarli 100ga yaqin to‘p kiritdi. 24 gol urgan Valeriy Kechinov chempionatning birinchi to‘purariga aylandi. O‘sha yili u OAV so‘rovnomasiga ko‘ra, mamlakatning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

1992 yil 1 noyabr kuni "Paxtakor" mavsumdagi oxirgi o‘yinini o‘tkazdi. "Kosonsoychi"ga qarshi Toshkentda o‘tkazilgan bellashuvda jamoamiz 7:2 hisobida g‘alaba qozondi. Farg‘onaning "Neftchi" klubi bilan bir xil ochko to‘plagan "Paxtakor" ushbu jamoa bilan birgalikda O‘zbekiston chempioni sifatida e’lon qilindi.

Quyida 1992 yilgi mavsumda "Paxtakor" sharafini himoya qilgan futbolchilar keltirilgan.

Murod Aliev, No‘’mon Hasanov, Anvar Jabborov, Farhod Magometov, Rufat Galiev, Ilhom Sharipov, Valeriy Kechinov, Yorqin Nazarov, Abduqahhor Ma’rufaliev, Igor Volkov, Shuhrat Maqsudov, Hikmat Ergashev, Mahmud Sobirov, Sobir Xodiev, Oleg Sinelobov, Aleksandr Kojuxov, Saydullo Tursunov, Pavel Bugalo, Nikolay Shirshov, Mirjalol A’zamov, Aleksandr Abduxoliqov, Baxtiyor Dadamatov, Denis Ivankov, Mahmud To‘raxo‘jaev, Oleg Shatskix, Ruslan Ahmedxonov, Andrey Yarovoy, Dilmurod Nazarov, Sanjar Maqsudov.

"Paxtakor" futbol klubi rahbariyati ilk chempionlik qo‘lga kiritilishiga hissa qo‘shgan barcha insonlarni 25 yillik yubiley bilan tabriklab, ularga chuqur hurmatini izhor qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!