
Paralimpiyachilarimiz Vengriyada ham o‘z kuchlarini namoyish etishdi
Joriy yilning 04-07 may kunlari Vengriyaning Eger shaxrida paralimpiyaning og‘ir atletika sport turi bo‘yicha Eger 2017 Jaxon Kubogi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasining SPORTS.uz ga xabar berishicha, hamyurtlarimiz ushbu Jaxon Kubogida 1ta kumush va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, ayollar o‘rtasida kechgan baxslarda xamyurtimiz Qo‘zieva Ro‘za -50kg vazin toifasida qatnashib dastlabki urinishidayok 89kg.ni o‘ziga bo‘ysindirib, kumush medali soxibasi bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida kechgan baxsda esa xamyurtimiz Nuriddin Davlatov 97kg vazn tofasida qatnashib, 187kg.ni ko‘targan holda, bronza medali sohibi bo‘lishdi hamda 2017 yil sentyabr oyida Meksika shaxrida bo‘lib o‘tadigan Meksika 2017 Jahon Chempionati yo‘lanmasini qo‘lga kiritishdi.
Quyida ushbu musobaqaning taqdirlash marosimidan olingan ba’zi fotosuratlarni tomosha qilishiningiz mumkin.
Qayd etish lozim, oldinroq suv sporti bo‘yicha O‘zbekiston paralimpiyachilari Angliyaning Sheffild shahrida o‘tkazilgan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishgan edi.
Fikrlar