PSJdan ketgan Emeri "Arsenal"dan qo‘nim topishi mumkin

  • 21 may, 2018, 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina PSJdan ketgan ispaniyalik mutaxassis Unai Emeri faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaga assistentlik qilayotgan Mikel Arteta “kanonirlar” boshqaruvini qo‘liga olishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod sifatida e’tirof etilmoqda. Ammo, Emeri sovrinlar yutish bo‘yicha ulkan tajribaga ega. U faoliyati davomida “Sevilya” bilan 3 marta Evropa ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek PSJda o‘tkazgan ikki yil davomida 7ta sovringa ega chiqqan.

O‘z navbatida “Arsenal” kamxarj va natija keltiruvchi murabbiy izlamoqda. Emeri bu borada ham “kanonirlar”ning “qolipiga” tushishi mumkin. Boisi, u o‘z vaqtida byudjeti uncha katta bo‘lmagan andalusiyaliklar bilan 3 marta Evropa ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!