PFL vakillari “So‘g‘diyona”ni litsenziyalash talablari ijrosi bo‘yicha monitoringdan o‘tkazdi

  • 4 dekabr, 2018, 21:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O‘FA Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Ta’kidlanganidek, PFL mazkur reglament asosida futbol klublarini kelasi mavsum uchun tayyorlab boradi.

Ayni paytda Superliga va Pro-ligada ishtirok etuvchi klublarga litsenziyalash talablari haqida atroflicha ma’lumot berish, ulardan ushbu jarayonni muvaffaqiyatli yakunlash, Superliga yoki Pro ligada ishtirok etish uchun qo‘yiladigan talablar borasida yanada to‘liq axborot berish, aynan qanday jihatlarga e’tibor qaratish lozim ekani, klub tizimi yoki ichki infratuzilmasi bo‘yicha tuzatish yoki yaxshilash zarur bo‘lgan masalalarini muhokama etish maqsadida bugun, 4 dekabrdan boshlab O‘zPFLning ishchi guruhi ish boshladi.

Ishchi guruh bugun dastlab Jizzaxga keldi va “So‘g‘diyona” klubidagi sharoitlarni tekshirdi. Hozirda, talablarni bajarish uchun klub reja asosida ish boshlagan. Jumladan, stadion maysasi, tribuna va boshqa masalalarda ish allaqachon boshlab yuborilgani oydinlashdi. Ishchi guruh bugungi tashrif chog‘ida shuningdek, klub mutasaddilariga kerakli sohalar bo‘yicha maslahat va takliflar berdi.

Tashrif chog‘ida, klub mutasaddilari shuningdek, marketing hamda media sohalarini rivojlantirish uchun harakat qilishayotganini ta’kidlashdi. Muxlislar bilan ishlashda ham, klub ayni damda faol muxlislarni klubga shtat asosida jalb qilishni rejalashtirgan. 

Ma’lumot uchun, PFL monitoring guruhi ertaga, 5 dekabr kuni shuningdek, Samarqandning “Dinamo” klubini monitoring qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!