O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rahbar tayinlandi

  • 8 avgust, 2018, 12:43
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekiston professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishida Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi a’zolari, sportchilar va murabbiylar ishtirok etdi.

Tecno

Tadbirda O‘zbekiston professional boks federatsiyasining faoliyati, shu kunga qadar bajarilgan ishlari va kelgusi yilda tashkillashtirilishi rejalashtirilayotgan musobaqalar to‘g‘risida hisobot berildi va Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi va raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni taqdim etdi.

Ushbu nomzodlar yakunda bir ovozdan saylandilar. Shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov kelajakda o‘zbek professional boksini ham jahon darajasiga chiqarish kerak ekanligi hamda birgalikda istiqbolli ishlarni amalga oshirish lozimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi ish faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida, federatsiya raisligiga “Real haus” kompaniyasi raxbari Yunusov Isroil, rais birinchi o‘rinbosari etib Abdulloh Sagdiev,  Vladimir Shin esa rais o‘rinbosari lavozimiga saylandilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!