O‘zbekiston boks federatsiyasi a’zolari Rufat Risqiev xonadoniga tashrif buyurdi

  • 27 dekabr, 2018, 17:28
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Keksalarni xurmat qilish, ularga e’tibor va g‘amxurlik ko‘rsatish jamiyatimizning o‘ziga xos yuksak ma’naviy va madaniyat belgisidir.

Tecno

O‘zbek xalqiga azaldan xos bo‘lgan bunday yuksak fazilatlar mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Inson jasoratini esga olish va uni qadrlash bebaho ma’naviy boylik, xech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan qadriyatlarimizdan biridir. Ayniqsa bayram bahonasida mehnat fahriylarini yo‘qlash odat tusiga aylangan.

 O‘zbekiston boks federatsiyasi yangi yil arafasida ana shunday xayrli ishga qo‘l urdi. Mamlakatimiz sharafini hafaskor va professional ringlarda munosib himoya qilayotgan bokschi va murabbiylar, federatsiya mutassadilari o‘zbek bokschilari o‘rtasida  birinchi bo‘lib jahon chempioni bo‘lgan, Olimpiada o‘yinlari sovrindori, xalqaro turnirlar g‘olibi Rufat Risqiev xonadaonida bo‘lib dildan suxbat qurishdi.

IMG_4534IMG_4539

IMG_4544

IMG_4550

Qari bilganni pari bilmas deganlaridek, boks faxriysi yosh charm qo‘lqop ustalariga ushbu sohada muhim bo‘lgan tavsiyalarni berdi. O‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Albatta bu kabi uchrashuvlvr yosh bokschilar uchun kelgusida as qotishi shubxasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
King of World
28/12/2018 15:58
Қўл олишибдида... омадини берсин ҳаммасини