O‘zbek velosportchisi «Novo Nordisk» jamoasi bilan professional shartnoma imzoladi

CHERY AUTO

MOQ rasmiy sayti esa bu haqda maqola tayyorladi.

Tecno

«Novo Nordisk» jamoasi qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan velosportchilardan tashkil topgan birinchi professional jamoa hisoblanadi. Jamoa 2019 yil uchun to‘rt nafar sportchi – Oliver Bexringer (Shveytsariya), Deklan Irvin, Sam Munday (Avstraliya) hamda o‘zbekistonlik Ulug‘bek Saidovlar bilan shartnoma tuzdi.

22 yoshli Ulug‘bek Saidov Toshkent shahrida tavallud topgan. Qayd etish lozimki, U «Novo Nordisk» jamoasi a’zosiga aylangan Markaziy Osiyolik dastlabki professional velosportchidir. Ulug‘bekka 9 yoshligida qandli diabetning birinchi darajasi tashhisi qo‘yilgan.

Ma’lumot o‘rinda shuni qayd etishimiz lozimki, Toshkentda ana shunday kasallikka chalingan yoshlar uchun «Queen Sport» velosport klubi faoliyat olib boradi. Saidov 15 yoshida ushbu jamoa a’zosi bo‘lgan. O‘shandayoq u «Novo Nordisk» nazariga tushgan. Avvaliga Ulug‘bek klubning o‘smirlar jamoasi sharafini himoya qilgan. Mehnatsevarlik va motivatsiya evaziga u kasallikka qarshi kurasha oldi, shu bilan bir qatorda sportdagi natijalarini ham yaxshiladi. 2017 yilga kelib esa «Novo Nordisk»ning zaxira jamoasi tarkibidan o‘rin oldi.

«Professionallar jamoasiga o‘tishga intilardim. «Novo Nordisk» sharafini himoya qilayotganimdan faxrlanaman. Elkamda qanday mas’uliyat borligini his qilib turibman. So‘nggi bir necha yil ichida men sport faoliyatimni rivojlantirish va qandli diabetga qarshi kurashish yo‘lida oldinga katta qadam tashlay oldim. Dastlabki yil oson bo‘lmasligini bilaman. Ammo, men professional sportda, shuningdek, hayot yo‘limda yuqori marralarga erishishga qat’iy bel bog‘laganman», – dedi Ulug‘bek.

«Novo Nordisk» klubi rahbari ham Ulug‘bek haqida ijobiy fikrda.

«Bir necha yil davomida O‘zbekistonda sport qay tarzda rivojlanayotganini kuzatib kelyapman. Shuningdek, Ulug‘bekning muvaffaqiyatlaridan ham hayratdaman. U O‘zbekistonda qandli diabet bilan hastalangan insonlar uchun haqiqiy o‘rnak namunasi bo‘ladi deb hisoblayman», – dedi Fil Sazerlend.

Ma’lumot uchun, Amerika Qo‘shma Shtatlari klubi hisoblangan «Novo Nordisk» UCI Professional Continental team maqomiga ega. Jamoa 2021 yili velosport olamining eng nufuzli musobaqasi – «Tur de Frans» bahslarida ham ishtirok etadi. Bu orqali Ulug‘bek Jamoliddin Abdujabborovdan so‘ng ushbu nufuzli turnirda ishtirok etgan ikkinchi o‘zbekistonlik velosportchiga aylanishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!