O‘zbek klublari tarixidan – “So‘g‘diyona”

  • 11 yanvar, 2019, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“So‘g‘diyona” futbol klubi 1970 yilda Jizzax viloyatida “Jizzax” nomi ostida tashkil topgan. 

Tecno

Jamoa 1992 yilgi birinchi O‘zbekiston chempionatida juda muvaffaqiyatli ishtirok etgan va natijada “So‘g‘diyona” Oliy ligadagi ilk mavsumida bronza medallari egasiga aylangan. O‘sha yili ikkita jamoa, ya’ni “Paxtakor” va “Neftchi” chempion bo‘lganligi sababli, kumush medal xech bir klubga topshirilmagan.  Jizzaxliklar esa 3-o‘rin egasi sifatida e’tirof etilishgan.

2002 yilgacha Oliy ligada qatnashib kelgan “So‘g‘diyona”, shu yili 16 o‘rinni egallab, 2003 yilgi mavsumni Birinchi ligada o‘tkazgan. Quyi ligada birinchi o‘rinni egallab, 2004 yili Oliy ligaga qaytgan va 2006 yili Birinchi ligaga tushib ketgan. O‘sha yillari jamoaga barqarorlik etishmagan va natijada yana bir necha yil klub elita va quyi ligada navbatma-navbat ishtirok etgan. 2013 yildan buyon yuqori divizionda muntazam o‘ynab kelmoqda. 

Erishgan yutuqlari

O‘zbekiston chempionati bronza medali sohibi (1992)

PFL Kubogi sohibi (2011, 2012)

Jamoada to‘p surgan mashhur futbolchilar

Vadim Abramov, Oleg Morozov, Pyotr Gizimchuk, Sergey Zirchenko, Stepan Atoyan, Aleksey Jdanov, Anvar G‘ofurov, Davron Fayziev, No‘’mon Hasanov, Rustam Zabirov, Sergey Lebedev, Spartak Murtazoev, Devid Oniya

Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar

Viktor Borisov, Axrol Inoyatov, Gennadiy Krasnitskiy, Sergey Dotsenko, Rauf Inileev, Suyun Murtazoev, Oleg Tyulkin, Davron Fayziev

PFL rasmiy saytidan olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!