Otabek G‘ulomxo‘jaev: Shotlandlarning ham, qolganlarning ham bizdan ortiq joyi yo‘q

  • 10 oktabr, 2018, 21:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ular ilk turda Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Garchi o‘zlaridan bir yosh katta akalariga qarshi o‘ynaganliklariga qaramay, vakillarimiz raqib bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng termamiz ustozi Otabek G‘ulomxo‘jaev o‘yin borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Agar e’tibor qilgan bo‘lsangiz, xalqaro maydonda bir necha bor ko‘rinish bergan futbolchilar o‘ziga bo‘lgan ishonchi bilan ajralib turdi. Ilk bor safarda bo‘lib turgan yigitlarda esa boshida hayajon sezildi. Nima demoqchiman, bunday raqiblarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarining ko‘proq bo‘lishi faqat va faqat foydalidir.

O‘sha Shotlandiya ham, boshqa termalar ham xuddi biz kabi futbol o‘ynashini, bizdan ortiq joyi yo‘qligini futbolchilar ongli ravishda tushunib olishlari kerak. Shuning uchun ham Ispaniya yig‘inini tashkil qilib bergan O‘FA rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, — dedi  G‘ulomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!