
Osiyo o‘yinlari: Bugun bokschilarimiz bahslarga kirishadi
Bugun Indoneziya poytaxti Jakartada davom etayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasida boks bellashuvlariga start beriladi.
Boks bellashuvlarining ilk kungi janglarida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Bu bokschilar o‘z ishtiroklarini saralash bahslaridan boshlaydi.
+69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bobo-Usmon Boturov birinchi jangini mo‘g‘ilistonlik Otganbayar Byamba-Erdenega qarshi o‘tkazadi.
Vakillarimiz ishtirokidagi ikkinchi qarama-qarshilikda Yodgoroy Mirzaeva -57 kg vaznda Xitoy Taipeyi vakili Xsiaoven Xuangni sinovdan o‘tkazadi.
Fikrlar