O‘rtoqlik o‘yinlari. Frantsiya Italiyani engdi, Misr - Kolumbiya uchrashuvida hisob ochilmadi

  • 2 iyun, 2018, 07:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni kunlarda JCh-2018 ishtirokchilari mundial oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichini o‘tkazishmoqda.

Tecno

Jumladan, kecha Frantsiya o‘z maydonida Italiya bilan kuch sinashdi. Gollarga boy kechgan o‘yin 3:1 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Bundan tashqari, Misr terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Ammo ushbu bahsda hisob ochilmadi – 0:0.

Frantsiya – Italiya 3:1 (2:1, 1:0)

1 iyun «Stad de Nis»

Gollar: 1:0 – 8 Umtiti, 2:0 – 29, penalti Grizmann, 2:1 – 36 Bonuchchi, 3:1 – 63 Dembele.

Frantsiya – Loris, Rami, Lyuka Ernandes (Mendi, 62), Pavar, Umtiti, Tolisso (Matyuidi, 77), Kante, Pogba (Nzonzi, 86), Dembele (Lemar, 71), Mbappe (Toven, 83), Grizmann (Jiru, 77).

Italiya – Sirigu, Bonuchchi, De Shilo, D`Ambrozio (Florentsi, 74), Kaldara, Mandragora, Jorjino (Bonaventura, 78), Berardi (Insine, 74), Pellegrini (Kristante, 65), Keza (Dzappakosta, 88), Balotelli (Belotti, 86).

Ogohlantirish: Pellegrini (42).

***

Misr – Kolumbiya 0:0 (0:0, 0:0)

1 iyun «Adzurri d′Italiya»

Misr – M. Al-Shenawi (El-Xadari, 46), Samir, Abdel-Shafi, Fatxi, Xegazi, El-Said (Shikabala, 80), Morsi (Abdul-Aziz, 68), Sobxi (Uarda, 66), Trezege (Al-Muxammadi, 57), T. Hamed, Moxsen (Kaxraba, 63).

Kolumbiya – Ospina, Sanches, Fabra (Moxika, 46), Aryas, Mina (Murilo, 46), Lerma (Borxa, 81), Sanches, Xames, Uribe (Kintero, 63), Kuadrado (Iskerdo, 46), Falkao (Bakka, 66).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!