
O‘rtoqlik o‘yini. Shveytsariya Qatarga imkoniyatni boy berdi
Lugano shahridagi "Kornaredo" stadionida kechgan bellashuv qit’adoshlarimizning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 86-daqiqada Akrom Afif tomonidan kiritildi. Ma’lumot uchun, Shveytsariya o‘zining navbatdagi uchrashuvini 18 noyabr kuni Millatlar ligasi 6-turi doirasida Belgiyaga qarshi o‘tkazadi.
Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Qatar esa 19 noyabr sanasida Islandiya bilan kuch sinashadi. Mazkur o‘yin Belgiyaning Eypen shahridagi "Kerveg" stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar