
Odil Karimov finalda o‘ynaydi
Qirg‘izistonda ITF tomonidan o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro turnirda tennischilarimiz juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Musobaqaning yarim finalida Odil Karimov polshalik sherigi Makariy Adamek bilan yosh tennischilarimiz Olimjon Nabiev va Ibrohimjon O‘rinovni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Odil va Makariy musobaqaning final uchrashuvida amerikalik Bikramjit Chavla hamda hindistonlik Rohan Mehraga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar