
Oblak: Final – Grizmanning kechasi bo‘ldi
“Atletiko Madrid” jamoasi darvozaboni Yan Oblak “Marsel”ga qarshi (3:0) kechgan Evropa Ligasi final bellashuvidan keyin o‘z firklari bilan o‘rtoqlashdi.
Grizmann: Simeone meni dunyodagi eng zo‘r futbolchilardan biriga aylantirdi
“Men baxtliman. Futbolda tinimsiz mehnat qilish va barcha imkoniyatlardan foydalanish kerak. Muvaffaqiyatga erishganimizdan xursandmiz va birgalikda buni nishonlaymiz. Antuan – dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Final –Grizmann kechasi bo‘ldi”, – dedi Oblak.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” Evropa Ligasining uch karra g‘olibi sifatida tarixga kirdi. Madrid klubi kelasi mavsumda EChLda ishtirok etadi.
Fikrlar