
Oblak "Atletiko"dan katta maosh talab qilmoqda
Madridning “Atletiko” klubi darvozaboni Yan Oblak jamoa rahbariyatidan yuqori maosh talab qilmoqda.
Ispan OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra sloveniyalik posbon yaqindagina jamoadoshi Antuan Grizman katta maosh evaziga yangi shartnoma imzolagani hamda o‘ziga Evropa grandlaridan bo‘layotgan qator takliflardan kelib chiqib rahbariyatga “Atletiko” tarkibida Grizmanndan keyin eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lish talabini qo‘ymoqda.
Aytish lozimki, agar “matraschilar” Oblakning ushbu talabini bajarishmasa, u holda iqtidorli posbon "Liverpul", PSJ va "Real" kabi grandlardan biriga o‘tib ketishi mumkin.
Fikrlar