O‘FA Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan memorandum imzoladi

  • 3 fevral, 2018, 17:25
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o‘zaro memorandum imzoladi.

Tecno

Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar:

-Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litseylar o‘quvchilari  o‘rtasida ommaviy futbol musobaqalari, mini-futbol, ayollar o‘rtasida futbol va boshqa turdagi musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish;

-talabalar ligasining final final musobaqalarini mamlakatimizning Superliga a’zolari klublarining arenalarida o‘tkazish;

-Oliy ta’lim muassasalarining havaskor futbol klublariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish;

-Mamlakatimizning nomdor futbol klublari o‘yinchilarini jalb qilgan holda futbol bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish;

-futbol bilan havaskor tarzda shug‘ullanuvchi turli yoshdagi futbolchilar, Oliygoh murabbiylarining ta’lim salohiyatini oshirish maqsadida turli o‘quv-seminarlarini tashkil qilish, futbol hakamlari tayyorlash va ularni malakasini oshirish, ta’lim yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xodimlar  va futbol jamoatchiligi bilan birgalikda bayram hamda xotira tadbirlari, matbuot anjumanlari o‘tkazish.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!