OChL-2018: "Nasaf" - "Persepolis" tarkiblar ma’lum

  • 2 aprel, 2018, 19:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion bugun yana bir katta futbolga mezbonlik qiladi. OChL-2018ning 5-tur doirasidagi uchrashuvda “Nasaf” Eronning “Persepolis” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Mazkur uchrashuvni FIFA hakami Ali Abdulnabi boshchiligidagi bahraynlik hakamlar boshqaradi. Qanotlarda uning hamyurtlari Muhammad Salmon va Abdulla Alravoiymi yordam berishadi. Ismoil Habib Ali esa zaxira hakami sifatida ishlaydi. Hakamlar ishini Gonkonglik Lam Chi Xo nazorat qiladi. Uchrashuv komissari Ali Jabroil, Falastindan.

OChL-2018. “S” guruhi, 5-tur

“Nasaf” (Qarshi) – “Persepolis” (Eron)

02.04.2018. “Markaziy” stadion. 19:30

"Nasaf": 6. Azizjon G‘aniev, 7. Odiljon Xamrobekov, 10. Bobir Abdixoliqov. 20. Islom Kenjaboev, 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxanov, 31. Saydullo Raxmatov, 35. Sanjar Quvvatov, 55. Slavko Lukich, 77. Jasur Xasanov, 92. Umarbek Eshmurodov.
Zahira:  1. Umidjon Ergashev. 4. Maqsud Karimov. 8. Sanjar Rashidov. 14. Sharof Muxitdinov. 17. Doniyorjon Narzullaev. 21. Jahongir Alijonov. 69. Dragan Cheran

“Persepolis”: 1.Alirizo Beyranvand, 2.Sodih Muharrami, 4.Said Jalol Husayni (s), 10.Farshod Axmadzoda, 13.Husayn Mohiyni 15.Muxammad Ansori, 18.Muhsin Robixon, 19.Vohid Amiri, 70.Ali Alipur, 88.Siamak Nemati, 11.Kamoliddin Kamiyabinya
Zahira: 
44.Bozidar Radosevich, 5.Bashar Boniyan, 8.Axmad Nurullohi, 11.Kamoliddin Kamiyabinya, 69.Ali Muslix Taklimi, 77.Muhsin Musolman, 88.Siamak Nemati.

Bugungi uchrashuv har ikkala jamoa uchun juda muhim sanaladi. Ayniqsa “ajdarlar” uchun. Bellashuvdagi g‘alaba guruh bosqichidagi imkoniyatini oshiradi. Raqib juda kuchli. Ular deyarli mamlakat chempionligini hal qilib, bor kuchlarini OChLga qaratishgan. Ammo “Nasaf” bahsni o‘z maydonida o‘tkazadi. “Markaziy”ga tashrif buyurgan klubning minglab ishqibozlari futbolchilarga dalda bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!