OChL-2017: “Al Taavon” – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamlari ma’lum bo‘ldi
Bilasiz, 20 fevral kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 2017 yilgi mavsumi guruh bosqichiga start beriladi. Musobaqaning “A” guruhida ishtirok etadigan “Lokomotiv” jamoasi 1-turda Saudiya Arabistonining “Al Taavon” jamoasi uyiga safar uyushtiradi.
Mazkur qarama-qarshilikni boshqarib boradigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, “Al Taavon” – “Lokomotiv” uchrashuvini ummonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Uchrashuv bosh hakami Ahmad Abu Bakar Said Al Kafga qanotlarda hamyurtlari Al Mahayi Hamid Sulaymoy Marhun hamda Al Amri Abu Bakar Salim Mahad yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini bahraynlik Iso Abdulla Hasan Muhammad Ali bajaradi.

Uchrashuv komissari etib iordaniyalik Talal Mahd Ali tayinlandi. Hakamlar nazoratchisi vazifasini Halid Jasim Halifa Alduki Alsenaani (BAA) bajaradi.



Fikrlar