Nurmagomedov Makgregor jangi rekord qayd etishi mumkin

CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uaytning so‘zlariga ko‘ra, Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasdagi jangga sotilgan pulli translyatsiyalar soni rekord qayd etishi mumkin.

Tecno

Ko‘pchilik bu jang pay per view tizimida 2 million ko‘rilishini aytishmoqda. Hozir biz bu jangga qiziqish katta bo‘lganligi sabab 2,5 mln pulli translyatsiyaga qarab ketyapmiz.

– Bungacha Dias – Makgregor to‘qnashuvi 1,6 mln pulli translyatsiyalar to‘plagan. Keyin Floyd Meyvezer bilan shunday natija qayd etildi. Bu qarama-qarshilik esa katta zaxiraga ega, – deydi Uayt.

Nurmagomedov – Makgregor jangi 7 oktyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 07:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!