
Neymar Frantsiyada mavsum futbolchisi deb e’lon qilindi
PSJ klubi xujumchisi Neymar Frantsiyaning Liga-1 doirasida joriy mavsum natijalari bo‘yicha eng yaxshi futbolchi deb e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, Frantsiya chempionatida braziliyalik futbolchi 20 uchrashuvda 20 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan hamda 16ta golli pasni o‘z nomiga yozdirishga muvaffaq bo‘lgan.
Ushbu sovringa PSJda to‘p tepayotgan Edinson Kavani va Killian Mbappe hamda "Marsel" xujumchisi Florian Toven kurash olib borayotgandi.
Fikrlar