Nega Frantsiya Jahon Chempionatining eng dahshatli termasi?

  • 14 iyun, 2018, 20:01
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyada boshlanadigan navbatdagi Jahon Chempionatida Frantsiya terma jamoasi qog‘ozda eng kuchli terma deya qaralmoqda. O‘z safida eng, eng, englarni yig‘a olgan Frantsiya tarkibi haqiqatdan eng xavfli terma jamoami? Quyida shu haqida mulohaza yuritamiz.

Tecno

Himoya chizig‘idan tashqari har qanday pozitsiyada Frantsiya jahonning eng yaxshi ikki-uch futbolchisini to‘plagan. Ugo Loris va Alfons Areolalar kabi Chempionlar Ligasi saviyasidagi darvozabonlar asosiy tarkib uchun kurash olib boradi. Boshqacha aytganda Frantsiyaning 23 kishilik tarkibidan top saviyalagi ikki jamoani shakllantirsa bo‘ladi.

Frantsiyaning raqiblarini vahimaga soluvchi asosiy tarkibi quyidagicha:

Loris; Sidibe, Varan, Umtiti, Mendi; Kante, Pogba; Mbappe, Grizmann, Lemar; Jiru

Pol Pogba va Jibril Sidibelarning so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ko‘rsatgan o‘yinlari sabab ular asosiy tarkibdan tushib qolishi ehtimoli ham yo‘q emas. Olive Jiruga ham tegishli.

Zaxira tarkib: Loris, Pavar – Varan – Umtiti; Sidibe – Kante – Pogba – Mendi, Dembele – Grizmann – Mbappe

Etishib chiqayotgan yulduzlar orasida Benjamin Pavar himoyani ajoyib tarzda mustahkamlovchi qobiliyatini ko‘z-ko‘z qilmoqda. Deshamda 3 kishilik himoyachi bilan o‘ynash fikri tug‘ilib qolsa aynan Pavar bunday vazifaga juda mos keladi. O‘tgan mavsumda 135 million evro evaziga “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan Usmon Dembeleda esa asosiy tarkibda o‘ynash imkoniyati tug‘ilishi mumkin.

Uchinchi tarkib: Areolya – Pavar, Rami, Kimpembe – Lukas, Nzonzi, Tolisso – Matyuidi, Toven – Fekir – Dembele.

Jahon Chempionatida Dide Deshamdan asosiy tarkibda kimlarni o‘ynatishini aytishini kutish qiyin masala. Frantsuzlar guruhdagi so‘nggi uchrashuvni Daniyaga qarshi o‘tkazadi. Ungacha esa Frantsiyadan turli xil variantlarni ko‘rsak ajab emas. Bu esa terma jamoaning tarkibi naqadar keng ekanligidan dalolat beradi. Dembele bilan bir qatorda Fekir va Tovenlarning ham imkoniyatlarini past baholash yaramaydi. Ular 1 Ligada birgalikda 40 gol va 19 golli uzatmani amalga oshirishdi.

Kuchli tomonlari

Hujumdagi tezlik va mahorat

Kilian Mbappe va Usmon Dembele timsolida Frantsiya Evropaning eng yosh ikki dribling ustalariga ega. Lionel Messi va Krishtianu Ronaldularning dunyo futbolidagi hukmronligiga nuqta qo‘yishga qodir iqtidor egasi sifatida bir necha yillardan beri Antuan Grizmann tilga olinib kelmoqda.

Ojiz nuqtalari

Bosh murabbiyning futbolchi tanlashdagi xatosi

Yaqinda Frantsiya termasi uchun gol urish bo‘yicha 4-o‘rindagi Zinedin Zidanga etib olgan Olive Jiru AQShga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida zaxirada qoldirildi. Ehtirosga beriluvchan bunday bosh murabbiy bilan har doim to‘g‘ri tanlov qabul qilinishini kutib bo‘lmaydi.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!