
"Navbahor" yana bir serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin
Xabaringiz bor bundan biroz avvalroq “Navbahor” o‘tgan mavsumning birinchi yarmini “Nasaf” klubida o‘tkazgan serbiyalik himoyachi Slavko Lukich bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turgani haqida xabar bergan edik.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda ayni damda Lukichning yana bir hamyurti - Ivan Rogach ham namanganliklar safida ko‘rikdan o‘tmoqda. Agar 26 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa, “lochinlar” u bilan ham shartnoma imzolashadi.
Ma’lumot uchun, Rogachning so‘nggi jamoasi Serbiya birinchi ligasida ishtirok etuvsi “Injiya” klubi bo‘lgan. U o‘z vaqtida Serbiya U 19 va U 21 terma jamoalarida to‘p surgan.
Fikrlar